2023-yilda Yevropada qariyb 48 ming kishi jaziramadan vafot etgan
Barselona global sog‘liqni saqlash instituti (ISGlobal) e’lon qilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2023-yilda Yevropaning 35 ta mamlakatida jazirama tufayli 47,7 ming kishi halok bo‘lgan. Ma’lumotlar 2023-yil iyunidan oktabrigacha bo‘lgan davrga taalluqli. Havo harorati eng ko‘p Gretsiya, Bolgariya va Italiyada o‘lim darajasiga ta’sir o‘tkazgan.
2023-yilda o‘lim darajasi 2022-yildagidan pastroq bo‘lgan. Tadqiqotchilar buni 2023-yilda undan avvalgi yil yozidagidek yirik harorat anomaliyalari bo‘lmagani bilan bog‘lamoqda. 2023-yilda o‘limlarning 57 foizi (27 mingtasi) iyul o‘rtalari va avgust oxiriga to‘g‘ri kelgan, o‘shanda Yevropa mamlakatlari eng keskin jazirama to‘lqinlariga to‘qnash kelgan.
Tadqiqot uchun olimlar butun 2023-yil uchun 35 ta Yevropa davlatining 823 ta hududidagi harorat va o‘lim ko‘rsatkichlari haqidagi qaydlardan foydalangan. Epidemiologik modellarni hosil qilish uchun tadqiqotchilar 2015—2019-yillar bo‘yicha xuddi shu ma’lumotlardan foydalandi.
Sharhlar