Kamala Xarris Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatildi
AQShning amaldagi vitse-prezidenti Kamala Xarris AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod sifatida rasman ko‘rsatildi. The New York Times gazetasining yozishicha, uni virtual so‘rovda partiya delegatlarining aksariyati qo‘llab-quvvatlagan.
Demokratik partiya 19-22 avgust kunlari Chikagoda bo‘lib o‘tadigan qurultoyda prezidentlikka nomzodini ko‘rsatishi kerak edi. Biroq Milliy qo‘mita o‘z nomzodini Ogayo shtatidagi saylov byulleteniga qo‘yish uchun hujjatlarni topshirish muddatini o‘tkazib yubormaslik maqsadida qurultoydan ikki hafta oldin, avgust oyi boshida partiya delegatlari uchun onlayn ovoz berishni o‘tkazishga qaror qildi.
Shtatning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, u 7-avgustda tugaydi. Ogayo gubernatori yaqinda muddatni sentyabr oyining boshigacha uzaytiruvchi qonunni imzoladi, biroq hujjat 1-sentyabrgacha kuchga kirmaydi, shuning uchun demokratlar muddatidan oldin ovoz berish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy muammolardan qochishga umid qilmoqda.
Sharhlar