Kanada hukumati Isroilga qurol-yarog‘ eksportini to‘xtatadi
Kanada Isroilga qurol eksportini to‘xtatmoqchi, deb xabar bermoqda Toronto Star gazetasi Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Joliga tayanib.
Gazeta savoliga javoban, vazir “Bu obyektiv reallik”, — deya ta’kidlagan.
18-mart, dushanba kuni Kanada parlamenti muxolifat tashabbusi bilan, bosh vazir Jastin Tryudoning hukumatni Isroilga qurol eksportini to‘xtatishga da’vat etuvchi rezolyutsiyasini (bajarish uchun majburiy bo‘lmagan) ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilgandi.
Ulashish:
Sharhlar