Rossiyaning Belgorod viloyatida 7 ta aholi punktiga kirishda blokpostlar o‘rnatildi

белгород
Фото: Youtube

Rossiyaning Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov ma’lum qilishicha, 20-martdan Kozinka, Glotovo, Gora-Podol, Bezimeno, Novostroyevka-pervaya va Novostroyevka-vtoraya qishloqlari, shuningdek, Grayvoron shahri hududlariga kirish cheklanadi.

Ushbu aholi punktlariga kirish joylariga blokpostlar o‘rnatiladi, postlarda Ichki ishlar vazirligi, Rosgvardiya, chegara xizmati, Mudofaa vazirligi xodimlari va ma’muriyat mansabdorlari o‘tiradi.

Gubernator qayd etishicha, mahalliy ma’muriyat aholini evakuatsiya qilishga chaqirgan, ammo ba’zilar bundan bosh tortgan. “Boshida odamlar “yo‘q, qolamiz” deyishdi, o‘qqa tutishlar kuchayganidan keyin “olib ketinglar” deya boshlashdi. Lekin boshqa odamalr hayotini xavf ostiag qo‘ymagan holda, ularni olib ketish endi jismonan imkonsiz”, — dedi Gladkov.

Shuningdek, 21-martdan viloyat ma’muriyati bir qator aholi punktlari fuqarolariga bepul oziq-ovqat to‘plamlarini tarqatadi. Aholining bir qismi mart oyi uchun uy-joy va kommunal to‘lovlardan ozod etiladi. Bundan tashqari, 22-mart kuni 1,2 ming bola viloyatdan Penza, Tambov va Kalugaga yuboriladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.