Dehlidan Chikagoga uchayotgan samolyot Toshkentga majburan qo‘ndi

Фото: The times

Air India aviakompaniyasining Dehlidan Chikagoga uchayotgan Boeing 777-337 samolyoti Toshkentdagi Islom Karimov xalqaro aeroportiga majburan qo‘ndi. Bu haqda “Toshkent osmonidagi yangiliklar” Telegram-kanali xabar bermoqda.

Favqulodda qo‘nishga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan.

Ekipaj tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan, shuningdek, yo‘lovchiga zarur yordamni taqdim etish uchun samolyot trapiga tez yordam karetasi keltirilishini iltimos qilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.