Bugun Toshkentda Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining namoyishkorona piyoda yurishlari o‘tkaziladi

Foto: O‘zA

Bugun Toshkentda Mudofaa vazirligi qo‘shinlari harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bu Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga hissa qo‘shgan barcha urush va front orti mehnat faxriylariga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatish, yurt himoyachilarining Vatanga sadoqatini namoyish etish hamda aholi, ayniqsa, yoshlarda faxr va iftixor tuyg‘ularini oshirish maqsadida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilmoqda.

Harbiy bo‘linmalarning tantanali ravishdagi piyoda yurishlari bugun, 8-may kuni soat 14:00 da “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasidan boshlanadi hamda “Magic City” maydonidagi to‘xtash nuqtasida Faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmalarning jangovar chaqirig‘i, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.