Kanada Rossiyaning 153 ta tashkilotiga nisbatan sanksiyalar kiritdi

Foto: “TASS”

Kanada Rossiya jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qildi, deb yozadi “Kommersant”. Sanksiyalar 153 ta korxona va 10 nafar shaxsga qarshi kiritildi. Xususan, “AlfaStraxovaniye” va “RESO-Garantiya” sanksiyalarga uchradi. 23-fevral kuni Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga kiritilganiga ikki yil to‘lgani munosabati bilan AQSH va Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritgandi.

Kanada sanksiyaviy ro‘yxatiga Rossiya prezidenti yordamchisi Igor Levitin va uning ukasi Leonid Levitin; Rossiya Shaxmat federatsiyasi Andrey Filatov; S.V. Ilyushin nomidagi aviatsiya majmuasi, “Almaz-Antey” konserni (havo hujumiga qarshi mudofaa majmualarini chiqaradi), “Russkiye vertolyotniye sistemi” kompaniyasi, “Patriot” harbiy-vatanparvarlik parki, “Sankt-Peterburg” banki, Mudofaa vazirligining “Krasnaya zvezda” gazetasi tahririyati va boshqalar kirdi.

Eslatib o‘tamiz, 23-fevral kuni Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 13-paketini e’lon qildi. Qora ro‘yxatga yana 106 nafar jismoniy va 88 nafar yuridik shaxs kirdi. Bunga javoban, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Yevropa institutlari va Yevroittifoq fuqarolariga nisbatan “stop-ro‘yxat” kengaytirilishini ma’lum qildi. AQSH Rossiya moliya sektoriga, mudofaa-sanoat majmuasiga, shuningdek, marhum Aleksey Navalniyning hibsga olinishiga aloqador shaxslarga nisbatan sanksiyalar haqida e’lon qildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.