Putin va Si Szinpin keng qamrovli sheriklikni chuqurlashtirish haqida bayonot imzoladi

Foto: “Kommersant”

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xiroy raisi Si Szinpinning muzokaralari yakunlandi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Uchrashuv qariyb 2,5 soat davom etdi va dastlab tor, so‘ng keng tarkibda o‘tdi. Muzokaralar yakunlangach, davlat rahbarlari keng qamrovli sheriklik va strategik hamkorlik aloqalarini chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Hujjat hozircha e’lon qilingani yo‘q.

Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov avvalroq Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi ushbu qo‘shma bayonot mufassil hujjat bo‘lib, 30 tadan ortiq sahifaga ega ekanini aytgandi. Hujjatda “ikki tomonlama aloqalarning o‘ziga xos xususiyati” qayd etilgan va “ikki tomonlama munosabatlarning butun majmuasini rivojlantirish yo‘llari belgilangan, Rossiya va Xitoyning adolatli va demokratik tartib o‘rnatilishidagi yetakchi roli tasdiqlangan”.

Vladimir Putinning Pekinga davlat tashrifi 16—17-may kunlari bo‘lib o‘tadi. Rossiya delegatsiyasiga mudofaa vaziri Andrey Belousov, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu va Yuriy Ushakov kirgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.