Britaniyada Keyt Middltonning tibbiy ma’lumotlarini o‘g‘irlashga urinish yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda
Britaniya shahzodasi Uilyamning rafiqasi — Uels malikasi Keyt Middlton davolangan The London Clinic xususiy klinikasi xodimlariga nisbatan surishtiruv olib borilmoqda, deb yozadi “Kommersant”. Ular Middltonning tibbiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritishga urinishda gumonlamoqda.
Xodimlardan biri uning ma’lumotlarini ko‘zdan kechirayotgan vaqtida ushlangan. U fayllarni qo‘lga kiritgani yoki ularni kasalxonadan tashqarida kim bilandir bo‘lishishga ulgurgan-ulgurmagani noma’lum, deyiladi xabarda.
17-yanvar kuni Kensington saroyi Keyt Middlton qorin bo‘shlig‘ida jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun rejali ravishda kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergandi. Shundan keyin OAVlarda uning salomatligi yomonlashgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan va uning jamoat tadbirlarida ko‘rinmay qolgani muhokama qilingan edi.
Mart boshida Kensington saroyi Uels malikasining jarrohlik amaliyotini o‘tkazganidan keyingi ilk rasmiy suratini e’lon qilgandi.
20-mart kuni esa Keyt Middlton uzoq vaqtlardan buyon birinchi marta shahzoda Uilyam bilan birgalikda omma oldida ko‘rinish berdi.
Sharhlar