Yaponiya bosh vaziri zilzila tufayli O‘zbekistonga tashrifini bekor qildi
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida 9−12 avgust kunlari Qozog‘iston, O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonga rejalashtirilgan to‘rt kunlik safarini bekor qildi, deb xabar bermoqda Kyodo.
Bu Yaponiya meteorologiya agentligi tomonidan e’lon qilingan mamlakatda kuchli zilzila va sunami sodir bo‘lishi mumkinligi haqidagi ogohlantirish bilan bog‘liq.
Kisida Ostonada bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” sammitida qatnashishi kerak edi. Ushbu uchrashuvga allaqachon mintaqa yetakchilari yetib kelgan. Jurnalistlar yozishicha, endi sammit onlany-formatda o‘tkazilishi mumkin.
8-avgust kuni Yaponiyada 7,1 ballik zilzila yuz berdi. Takroriy yer silkinishlari xavfi haqida xabar berilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar