Kiуev va Seul Shimoliy Koreya askarlarining tashlanishi fonida o‘zaro razvedka ma’lumotlarini almashishni kuchaytirmoqchi

фото: daryo.uz

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol bilan telefon orqali suhbatda Shimoliy Koreya harbiylari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga jalb qilinganligi masalasini muhokama qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar beradi.

“Xulosa bitta – bu urush xalqaro tus olmoqda va ikki davlat chegarasidan tashqariga chiqmoqda”, – deb yozadi Zelenskiy.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning uch ming askari allaqachon jangovar zonaga yaqin kelgan. Ikki davlat rahbarlari razvedka ma’lumotlari va tajriba almashishni kuchaytirishga va “eskalatsiyaning keskinlashuviga javoban harakatlar strategiyasi va qarshi choralar ro‘yxatini ishlab chiqish uchun barcha darajadagi aloqalarni faollashtirishga” kelishib oldilar.

Shuningdek, hozirda Janubiy Koreyada bo‘lgan 200 ga yaqin shimoliy koreyalik qochoqlar “sobiq o‘rtoqlariga qarshi psixologik urush kampaniyasini boshlash uchun Ukrainaga jo‘nash niyatida ekani xabar qilinadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.