Ukraina “Konstantin Olshanskiy” kemasiga zarba berdi. Uni Rossiya 2014-yilda Ukrainadan olib qo‘ygan edi
Ukraina qurolli kuchlari “Neptun” qanotli raketasi bilan “Konstantin Olshanskiy” kemasiga zarba berdi. Bu haqda UQK Harbiy-dengiz kuchlari spikeri Dmitriy Pletenchuk ma’lum qildi.
Ushbu desant kemasini Rossiya 2014-yilda, Qrimni egallab olish chog‘ida Ukrainadan olib qo‘ygan.
“Bu kema Ukraina tomonidan foydalanilishi kerak edi. Shu sababli uni “Neptun” raketasi bilan nishonga olishga qaror qilindi”, — dedi Pletenchuk.
Eslatib o‘tamiz, 24-martga o‘tar kechasi Qrimda Rossiya Qora dengiz flotining yana ikkita yirik desant kemasi yo‘q qilindi. Bu safar ukrainalik harbiylarning nishoni Yamal va Azov desantlari bo‘ldi.
Mart boshida esa Ukraina uchuvchisiz uchar qurilmalari Rossiya harbiy ob’ektlariga hujum qildi. Zarbalar oqibatida Rossiyaning 22160 loyihasiga kiruvchi “Sergey Kotov” kemasi cho‘ktirib yuborildi.
Sharhlar