Krasnodar o‘lkasida qurol-yarog‘ omboriga berilgan zarbalarni aks ettiruvchi sun’iy yo‘ldosh suratlari chop etildi

Фото: «Схемы».

Krasnodar o‘lkasidagi o‘q-dorilar omboriga berilgan zarbadan so‘ng davom etayotgan yong‘in aks ettirilgan fotosurat “Схемы” tergov loyihasi tomonidan chop etildi (“Ozodlik radiosi”). Suratda, shuningdek, ombor yaqinidagi Tixoretsk harbiy aerodromi yaqinida yong‘in davom etayotganini ko‘rish mumkin.

Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi Tixoretsk rayonidagi omborga uyushtirilgan hujum ortida Ukraina armiyasi turganini tasdiqladi. Bosh shtabning ta’kidlashicha, zarar ko‘rgan ombor Rossiya qurolli Kuchlarining uchta eng yirik o‘q-dorilarni saqlash bazalaridan biri va Rossiya qo‘shinlarining moddiy-texnik ta’minoti tizimidagi asosiy bazasi hisoblanadi.

Zarba vaqtida, Ukraina qurolli kuchlarining da’vo qilishicha, omborda jumladan, Shimoliy Koreyadan olib kelingan kamida ikki ming tonna o‘q-dori ortilgan eshelon bo‘lgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.