Krasnodar o‘lkasida dron hujumi oqibatida olti kishi jarohatlandi, bir bola halok bo‘ldi
5-iyulga o‘tar kechasi Krasnodar o‘lkasining Primorsko-Axtarskiy tumaniga dronlar hujum qildi va olti yoshli qiz o‘qqa tutilishi natijasida halok bo‘ldi, deb yozadi viloyat gubernatori Veniamin Kondratyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bola olgan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan. Otishma oqibatida jami olti kishi, jumladan, ikki bola kasalxonaga yotqizilgan.
Kondratyevning yozishicha, Primorsko-Axtarskda bir nechta uchuvchisiz samolyotlar urib tushirilgan, vayronalar qulashi tufayli shahardagi fuqarolik obyektlari zarar ko‘rgan. Jumladan, ko‘p qavatli uyga shikast yetgan, energetik nimstansiyaning faoliyati to‘xtatilgan.
Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev ham dron hujumi haqida xabar berdi. Uning soʻzlariga koʻra, mintaqa uzra oʻnta uchuvchisiz uchoq urib tushirilgan va otishmalar natijasida Azov viloyatida “landshaft yongʻinlari” sodir boʻlgan.
Astra telegram kanali mahalliy aholiga tayanib neft terminalidagi yong‘in haqida yozmoqda, ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.
Sharhlar