Benksining yangi devoriy surati uch kun o‘tmay oq bo‘yoq bilan chaplandi (foto)

Foto: Reuters

Londonda vandallar ko‘cha rassomi Benksining yangi rasmiga oq bo‘yoq chapladi, deb xabar beradi The Telegraph. Qayd etilishicha, Benksi asar muallifi o‘zi ekanini Instagram’da tasdiqlaganidan keyin deyarli darhol u bulg‘ab tashlangan.

Benksining qalamiga mansub devor suratiga oq bo‘yoq sepib tashlangani aks etgan fotosuratni BBC muxbiri Anna O’Nil e’lon qildi. “Mana shuning uchun ham bizda hech qanaqa yaxshi narsa bo‘lishi mumkin emas. Benksining murali atigi uch kunda yo‘qqa chiqarildi”, — deb yozdi u.

Benksining yangi rasmi 18-mart kuni London shimolidagi Finsberi parki yaqinidagi binolardan birining devorida paydo bo‘lgandi. Shoxlari arralab tashlangan daraxt fonida rassom barglarni eslatuvchi yashil fonni tasvirlagandi. Rasmda, shuningdek, qo‘lida shlang ko‘targan odam silueti ham aks etgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.