Kreml Norvegiya bilan chegarada radiatsiya “sakrashi” sodir bo‘lganidan xavotir olmaslikka chaqirdi
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Norvegiyaning Rossiya bilan chegarasida radioaktiv izotoplar aniqlangani haqidagi bayonotlari rossiyalik mutaxassislarning ma’lumotlari bilan tasdiqlanmaganini bildirdi.
“Tegishli xizmatlarimiz tomonidan u yoki bu izotoplar miqdori oshgani haqida hech qanday xabar bo‘lmadi. Shuningdek, inson salomatligiga tahdid haqida hech qanday ogohlantirishlar bo‘lmadi”, — dedi Peskov.
“Interfaks”ning yozishicha, u Rossiya-Norvegiya chegarasida radiatsiyaning sakrashi Arktikadagi “Burevestnik” yadro raketasi sinovlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi.
“Bu borada aytadigan gapim yo‘q”, dedi Peskov.
Avvalroq, Norvegiyaning DSA agentligi Rossiya bilan chegarada radiatsiya oshgani qayd etilgani haqida xabar bergandi.
Sharhlar