Kreml Putin Xalqaro jinoiy sudni tan olgan Mo‘g‘ulistonga safar borasida tashvishlanmayotganini bildirdi
Mo‘g‘uliston Xalqaro jinoiy sud (XJS) yurisdiktsiyasini tan olgan bo‘lsa-da Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putinning mamlakatga bo‘lajak tashrifidan tashvishlanmayotganini bildirdi.
Prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Moskva “Mo‘g‘ulistonlik do‘stlar bilan ajoyib muloqotga ega”. Peskov, shuningdek, tashrifning barcha jihatlari, jumladan, XJS tomonidan berilgan order masalasi ham diqqat bilan ko‘rib chiqilganini ta’kidladi.
Putin 3-sentyabr kuni Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda, bu uning 2023-yil mart oyida hibsga olish orderi chiqarilganidan beri XJSning Rim statutini imzolagan mamlakatga birinchi tashrifi bo‘ladi.
Ulashish:
Sharhlar