KXDR yangi jangovar kallakni va zenit raketasini sinovdan o‘tkazdi
Shimoliy Koreya 19-aprel kuni yangi “Xvasal-1 Ra-3” strategik qanotli raketasining o‘ta yirik jangovar kallagini hamda “Pelji-1-2” yangi zenit raketasini sinovdan o‘tkazdi, deb yozadi “Kommersant” Koreya Markaziy telegraf agentligiga tayanib. Sinovlar chog‘ida “tegishli maqsadga erishilgani” aytilmoqda.
Ta’kidlanishicha, sinovlar “Raketasozlik bosh boshqarmasi va uning qaramog‘idagi mudofaa ilmiy-tadqiqot institutlari muntazam faoliyati” doirasida o‘tkazilgan. Ular yangi qurol-yarog‘larni rivojlantirishga qaratilgan va “mintaqadagi vaziyatga hech qanday aloqasi yo‘q”.
KXDR fevral boshida ham shunga o‘xshash sinovlar ketma-ketligini o‘tkazgan, ammo o‘shanda qanotli raketa va zenitli raketa nomlariga aniqlik kiritmagan edi. Fevral o‘rtalarida Pxenyan yangi turdagi “Padasuri-6” kemaga qarshi raketa sinovini amalga oshirgandi.
Sharhlar