KXDR Yapon dengiziga qarata bir nechta qanotli raketa uchirdi
Shimoliy Koreya g‘arbiy qirg‘ozdan bir nechta qanotli raketa uchirdi, deb xabar beradi Yonhap agentligi Janubiy Koreya Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga tayanib.
Raketalar mahalliy vaqt bilan 9:00 atrofida (Toshkent vaqti bilan 5:00 da) uchirilgan. Ular Yapon dengiziga qarab uchgan. Raketalar soniga aniqlik kiritilmadi.
Qo‘mita qayd etishicha, Janubiy Koreya harbiylari AQSH bilan hamkorlik qilmoqda va “Shimoliy Koreya tomonidan provokatsiyaning qo‘shimcha belgilarini kuzatmoqda”.
Qanotli raketalar reaktiv dvigatellar bilan jizohlangan bo‘lib, past uchadi va manyovrlar qiladi, shu sababli ularni aniqlash va tutib qolish qiyin, deb yozadi Yonhap.
Bu 2024 yil boshidan buyon Shimoliy Koreya tomonidan beshinchi marta raketalar uchirilishidir. 28 yanvar kuni u Janubiy Xamgyon provinsiyasidagi Sinpxo port shahridan bir nechta raketa uchirgan edi. 24 yanvarda esa KXDR Sariq dengizga qarata raketalar otgandi.
Sharhlar