NYT: Zelenskiy shu hafta Berlin, Parij va Londonga boradi

Foto: AP

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy shu hafta turne doirasida Berlin, Parij va Londonga tashrif buyuradi. Bu haqda The New York Times anonim ukrain mansabdoriga tayanib xabar berdi.

Turne 16—18-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keladi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, turne chog‘ida Zelenskiy o‘z mamlakatiga harbiy yordamni ko‘paytirishni yoqlab chiqish qiladi.

Avvalroq Bloomberg o‘z manbalariga tayanib, Zelenskiy Parij va Berlinga borishi mumkinligi, ammo safar haqida uzil-kesil kelishib olinmaganini xabar bergandi.

Uning manbalariga ko‘ra, Ukraina prezidentining safardan maqsadi — Ukrainaga harbiy yordamni kuchaytirish zaruriyatini asoslash. Agentlik suhbatdoshlari taxmin qilishicha, Zelenskiy katta ehtimol bilan, xavfsizlik kafolatlari haqidagi muzokaralarni talab qilib turib oladi.

Myunxen xavfsizlik konferensiyasi bu yil 16-fevraldan 18-favralgacha bo‘lib o‘tadi. Unda 50 nafar davlat va hukumat rahbarlari hamda 100 nafar vazirlar qatnashadi.

Ukraina prezidenti 2023 yilgi Myunxen xavfsizlik konferensiyasida videoaloqa orqali ishtirok etgandi. Tadbir ochilishida so‘zga chiqib, u ittifoqchilarni Ukrainaga yordam ko‘rsatish hamda unga Yevroittifoq va NATO a’zoligini taqdim etish bo‘yicha shoshilishga chaqirgandi. Rossiya esa xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida qatnashishdan bosh tortdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.