Lavrov Tojikistonga “Krokus”dagi terakt bo‘yicha surishtiruvdagi yordami uchun minnatdorlik bildirdi

лавров
Фото: Большая Азия

Rossiya Tojikiston hukumatining “Krokus Siti Xoll”dagi terakt yuzasidan surishtiruv olib borish jarayonidagi tezkor yordamini qadrlaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Tojikiston bilan Do‘stlik jamiyati taqdimotidagi nutqida aytib o‘tdi.

“Tojikistonning fojia yuzasidan tergovdagi yordamini qadrlaymiz. Terakt tashkilotchilari jamiyatda ixtilofni keltirib chiqarmoqchi edi, — dedi Lavrov. — Ammo falokat turli millatlarga mansub odamlarni jipslashtirdi, xolos”.

Tashqi ishlar vaziri Tojikiston rahbariyatiga mamlakat uchun qiyin lahzalarda bildirilgan hamdardlik va qo‘llab-quvvatlovchi so‘zlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston Rossiyadagi teraktdan keyin mehnat muhojirlari bilan ishlashni kuchaytirgani xabar berilgan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.