Livan va Suriyada ratsiyalar va radio qabul qiluvchi qurilmalar ommaviy portlay boshladi

Фото: Соцсети

Livanda yana portlashlar. Bu safar peyjerlar o‘rniga Hizbulloh a’zolarining 500 dan ortiq ratsiyasi va radio qabul qiluvchi qurilmalari portlagan.

Mahalliy matbuotning yozishicha, hammasi shia harbiylashtirilgan tashkiloti yetakchilaridan biri Ali Ammarning o‘g‘lini dafn qilish marosimida boshlangan. 12 kishi halok bo‘lgan. Qurilmalar Suriyada ham portlagan. U yerda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK)ning 19 ta harbiysi halok bo‘lgan.

Peyjerlar, ratsiya va radio qabul qiluvchi qurilmalar ortidan noutbuklar va telefonlar ham portlashni boshlagan. Oxirgi bir soat ichida Bayrut, Bekaa, Nabatiya va Livan janubida yuzlab odamlar jarohatlangan.

Asosan Yaponiyaning  icom v82 ratsiyalari portlagan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.