Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Rossiyaga tashrif buyurishini e’lon qildi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro tez orada Rossiyaga tashrif bilan borishini ma’lum qildi. Bu haqda u teleefir chog‘ida aytib o‘tgan, deb yozadi “TASS”.
“Prezident Putinga yetkazib qo‘yinglar, tez orada uning oldiga boraman”, — dedi Maduro Rossiyaning Venesueladagi elchisi Sergey Malik-Bagdasarovga murojaat qilib.
Maduro safari qachon amalga oshishiga aniqlik kiritmadi.
Maduroning tashrifi ishlab chiqilayotgani haqida Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov yanvardayoq ma’lum qilgandi. U bunday uchrashuvga ehtiyoj “hozir bor”ligini ta’kidlagan, ammo tashrifning taxminiy muddatiga aniqlik kiritmagan edi.
Maduro so‘nggi marta Rossiyaga 2019-yil sentabrida kelgan.
Ulashish:
Sharhlar