Malayziyada ikkita vertolyot to‘qnashib ketishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi (video)

Фото: топор

Malayziya Qirollik harbiy-dengiz flotining 90 yilligiga bag‘ishlangan paradga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida ikkita harbiy vertolyot to‘qnashib ketdi va qulab tushdi. Oqibatda bortda bo‘lgan o‘n kishining barchasi halok bo‘ldi, deb yozadi “Kommersant”.

Malay Mail nashri ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rtacha AgustaWestland AW139 ko‘p maqsadli vertolyot va uning yengil analogi Eurocopter Fennec to‘qnashgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, birinchisi Lumut aviabazasi stadioniga kirish qismiga qulagan, ikkinchisi esa aviabaza sport majmuasi basseyniga tushgan.

Favqulodda vaziyatga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Mamlakat harbiy-dengiz floti surishtiruv boshladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.