“Manchester City” futbolchisi Rodri “Oltin to’p”ni qo’lga kiritdi

Фото: AFP

“Manchester City” yarim himoyachisi va Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Rodri (Rodrigo Ernandes) “France Football” jurnali talqiniga ko’ra yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Oltin to’p”ni qo’lga kiritdi.

Rodri Parijdagi taqdirlash marosimiga tayoqchada keldi. Sentabr oyi oxirida u “Arsenal” bilan o’yinda jarohat oldi – o’ng tizzasidagi xochsimon bog’lami yorilib ketgan. Shu sababli futbolchi mavsumning qolgan qismini o’tkazib yuboradi.

Ayollar o‘rtasidagi “Oltin to‘p” sohibi ispaniyalik “Barcelona” vakili Aitana Bonmati bo‘ldi. “France Football” jurnali talqiniga koʻra 2024-yilning eng yaxshi jamoasi Madridning “Real” klubi boʻldi va eng yaxshi yosh oʻyinchi sovrini “Barcelona” va Ispaniya terma jamoasining 17 yoshli yarim himoyachisi Lamin Yamalga berildi.

Bu yil “Oltin to‘p”ga asosiy da’vogar “Real” hujumchisi braziliyalik Vinisius Junior bo‘ldi. Biroq, g’olib e’lon qilinishidan bir necha soat oldin jurnalist Fabritsio Romano (futbolning asosiy insayderlaridan biri)  mukofotni Vinisius qo’lga kiritmasligi haqida xabar berdi. Shundan so’ng, uning so’zlariga ko’ra, “Real” klubning birorta vakili ham marosimga Parijga bormasligiga qaror qilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.