Mask #FreePavel xeshtegi bilan Durovni ozod qilishga chaqiriqlarni qo’llab-quvvatladi
AQSHlik tadbirkor Ilon Mask Fransiya rasmiylariga murojaat qilib, dunyoning turli burchaklaridan kelgan odamlar Telegram xizmati yaratuvchisi Pavel Durovni ozod qilishni talab qilayotgan ommaviy aksiyani qo‘llab-quvvatladi.
U “#FreePavel” xeshtegi bilan o’zining X- ijtimoiy tarmog’ida post joylashtirdi. Aynan shanba kuni Fransiya huquq-tartibot idoralarining qaroridan g‘azablangan jamoatchilik Durov hibsga olinganidan keyin undan foydalana boshlagan edi.
Bundan oldin u Ozarbayjon poytaxtidan shaxsiy samolyotda chiqib ketgani va yoqilg‘i quyish uchun Parij aeroportlaridan biriga qo‘ngani xabar qilingan edi. Ayni paytda unga telegram bilan bog’liq ish yuklangan.
Ulashish:
Sharhlar