Putin davlat muassasalarida siyosiy rahbar lavozimini kiritish haqida farmon imzolagan — OAV

Фото: РБК

2023-yil fevralida Rossiya prezidenti Vladimir Putin maxfiy farmonni imzolab, federal davlat organlarida “jamoatchilik-siyosiy faoliyat bo‘yicha rahbar o‘rinbosari” lavozimini ta’sis etgan, deb xabar beradi Meduza.

Kremlda sovet davridagi kabi siyosiy rahbarlar institutini joriy qilish g‘oyasi tug‘ilgani haqida 2022-yil aprelida “Kommersant” prezident apparatidagi manbalariga tayanib yozgandi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu “bir qator muassasalarda hukumatning amaldagi yo‘nalishiga sodiqlik bilan bog‘liq muammolar aniqlangani”ga aloqadordir.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi va Feldyeger xizmatidagi manbalar hozircha ularda “siyosiy rahbarlar” yo‘qligini ma’lum qilgan. Ammo hukumat majlislarida qatnashadigan manbaga ko‘ra, boshqa davlat organlarida allaqachon bunday rahbarlar paydo bo‘lgan va ular mansabdorlarga urush va ichki siyosat haqida “nimalar deyish kerakligi”ni o‘rgatmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.