Bayden suiqasddan keyin Maxfiy xizmatga Trampning to‘liq xavfsizligini ta’minlashni topshirdi
AQSH prezidenti Jo Bayden o‘zidan oldingi prezident va keyingi prezidentlikka nomzod Donald Trampga nisbatan suiqasddan keyin Maxfiy xizmatga uning to‘liq xavfsizligini ta’minlashni topshirganini ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”. U surishtiruv tezkor, ammo puxta bo‘lishini va’da qildi.
Amerika prezidenti, shuningdek, AQSH Maxfiy xizmatiga Respublikachilar partiyasining Miluokidagi qurultoyida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni qayta ko‘rib chiqishni buyurgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, suiqasd “biz yoqlab chiqayotgan narsalarning hammasiga ziddir”. U Donald Tramp bilan telefon orqali gaplashganini, AQSH sobiq prezidenti ayni paytda “qayta tiklanayotgani”ni ta’kidladi.
AQSHning 45-prezidenti Donald Trampga 13-iyul kuni Pensilvaniya shtatidagi saylovoldi mitingida suiqasd uyushtirildi. O‘q uning qulog‘iga tekkan. Mitingning bir ishtirokchisi halok bo‘lib, ikki kishi og‘ir yaralangan. Hujum qilgan shaxsning o‘zi Maxfiy xizmat xodimlari tomonidan otib o‘ldirilgan.
Sharhlar