Moldovada sotsialistlar xorijdagi saylovlarni tan olishmadi, ular Stoyanogloni g‘olib deb hisoblashmoqda
Rossiyaparast Sotsialistlar partiyasi Moldovadagi prezidentlik saylovlarida xorijdagi ovoz berish natijalarini tan olmasligini va o‘z nomzodlari Aleksandr Stoyanogloni saylovning “haqiqiy” g‘olibi deb bilishlarini bildirgan. Newsmaker nashrining ma’lum qilishicha, “PSRM” shunday bayonot bilan 4-noyabr, dushanba kuni chiqqan, deb yozadi “Yevropa pravda”.
Sotsialistlar 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarni, “ayniqsa Pridnestrovуe hududida va xorijiy saylov uchastkalarida o‘tkazilgan saylovlarni” erkin demokratik saylovlar deb hisoblamasliklarini bildirgan.
“Mayya Sandu “diasporaning prezidenti” bo‘ldi, Sotsialistik partiya xorijiy saylov uchastkalarida berilgan ovozlarni tan olmaydi”, – deyiladi partiya bayonotida.
Sotsialistlar boshqa partiyalar bilan gaplashib, “davlat idoralarini siyosatsizlashtirish va saylov kampaniyalarida teng sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha qo‘shma strategiya” yaratishlarini aytgan.
“Moldova aholisi 2024-yil 3-noyabrda bu hukumatni o‘zgartirish istagini bildirgan qarorni qabul qildi, bu esa Moldova aholisi kelgusida – bo‘lajak parlament saylovlarida qaror qabul qilishda davom etadi”, — deyiladi “PSRM” xabarida.
Eslatib o‘tamiz, barcha ovozlarni sanab chiqish natijalariga ko‘ra, Sandu 55,33 foiz ovoz bilan sotsialistlarning nomzodi Stoyanoglodan 10 foizlik ustunlik bilan g‘alaba qozongan. Xorijiy saylov uchastkalarida saylovchilarning 80 foizdan ortig‘i Mayya Sanduga ovoz bergan bo‘lsa, mamlakat ichida u 2,4 foizga yutqazgan.
Sharhlar