Moskva Janubiy Osetiya va Abxaziyaning mustaqilligini tan olishdan voz kechmayapti

Фото: Jam News

Davlat Dumasining MDH ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Konstantin Zatulin Rossiya va Gruziya o‘rtasida diplomatik munosabatlarning tiklanishi mumkinligi haqidagi so‘nggi xabarlarga izoh berdi.

“Bu haqiqat bo‘lishi mumkin yoki bu faqat taxmin bo‘lishi mumkin. O’ylaymanki, munosabatlarni tiklash ikki davlat manfaatlariga mos keladi”, — dedi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu Gruziya avvallari munosabatlarni qayta tiklashga to‘sqinlik qilgan narsa – Rossiyaning Abxaziya va Janubiy Osetiyani mustaqil davlatlar sifatida tan olishini hal qilishiga bog‘liq.

“Gruziyada Abxaziya va Janubiy Osetiyaning mustaqilligini qo‘llab-quvvatlagan yoki bu hududlarga tashrif buyurgan shaxslarga “ov davom etmoqda. Ko‘plab rossiyaliklar, jumladan, nafaqat siyosatchilar, balki Abxaziyaga tobora ko‘proq tashrif buyurayotgan oddiy fuqarolar ham jabr ko‘rdi”, — deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gruziya muxolifatining “Mtavari” telekanali ishonchli manbaga tayanib, “Gruziya orzusi” partiyasi Rossiya bilan diplomatik munosabatlarni tiklash yo‘liga o‘tayotgani va Gruziyaning Moskvadagi elchixonasi xodimlari ishga olish boshlangani haqida xabar bergan edi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bu xabarlarni dezinformatsiya deb atadi.

2008 yilda Moskva Abxaziya va Janubiy Osetiyani mustaqil davlat sifatida tan olganidan keyin Gruziya Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.