Moskvada terakt uyushtirishga uringan ikki nafar qozog‘istonlik yo‘q qilindi
Rossiya OAVlari mamlakat kuch tuzilmalari terakt uyushtirishga uringan ikki nafar Qozog‘iston fuqarosini yo‘q qilgani haqida xabar bermoqda.
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi ushbu xabarlar yuzasidan izoh berdi.
“Ushbu shaxslar Qozog‘iston fuqaroligiga ega ekani va Rossiyaga kirgani tasdiqlandi. Ushbu holat yuzasidan MXQ sudgacha tergov olib bormoqda. Tekshiruv Rossiya Federal xavfsizlik xizmati bilan yaqin aloqada amaldagi hamkorlik kanallari doirasida amalga oshirilmoqda”, — deyiladi MXQ xabarida.
7-mart kuni kechqurun AQSH elchixonasi Moskvada yaqin ikki kun mobaynida teraktlar xavfi borligi haqida ogohlantirgan edi. Keyinroq Buyuk Britaniya, Latviya, Janubiy Koreya, Shvetsiya, Kanada, Germaniya va Chexiya ham AQSHning ushbu ogohlantiruviga qo‘shildi va o‘z fuqarolarini Rossiyaga safar uyushtirmaslikka chaqirdi.
Sharhlar