Kuchli yomg‘ir tufayli Moskva suv toshqini ostida qoldi (video)
6-iyun kun Moskvada kuchli jala yog‘di, deb yozadi “RBK”. Ba’zi hududlarda bir necha soat ichida oylik yog‘ingarchilik me’yorining 40 foizdan ortig‘i yog‘gan. Natijada katta-katta ko‘lmaklar yuzaga keldi.
The Moscow Times qayd etishicha, poytaxtda yog‘in miqdori bo‘yicha 1991-yilgi sutkalik rekord yangilangan — bir kecha-kunduzda 59 mm yog‘ingarchilik kuzatilgan. Shaharda o‘tib bo‘lmaydigan ko‘lmaklar hosil bo‘lib, odamlar va mashinalar ko‘chalarda qolib ketgan.
Ulashish:
Sharhlar