Moskvada migrantlar uchun patent narxi oshiriladi
2025-yilda Moskvada chet ellik ishchilar uchun patentlar narxi 8,9 ming rublni tashkil qiladi, bu hozirgi narxdan deyarli 1,5 ming rublga ko’p. Bu haqda “TACC” nashri poytaxt meri Sergey Sobyaninga tayanib ma’lum qildi.
“Muhim masala — migrantlar soliqlar nuqtayi nazaridan fuqarolarimiz bilan taqqoslanadigan miqdorda pul to‘lashi lozim. Biz fuqarolarimizning oylik daromad solig‘i to‘lovlarini hisobga olamiz va buni ushbu toifa ishchilar bilan solishtiramiz”, — dedi Sobyanin.
“Bugungi kunda bizda patentlar uchun oylik 7,5 ming [rub] to‘lov bor, aslida bu daromad solig‘i bo‘yicha avans. 1-yanvardan boshlab u 8,9 ming rubl bo‘ladi”, — dedi Sobyanin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu chora ish beruvchilarga migrantlar va Rossiya fuqarolari xarajatlarini tenglashtirish imkonini beradi.
Sobyaninning ta’kidlashicha, Moskvada berilgan mehnat patentlari sonining sezilarli o‘sishi kuzatilmagan, hozirda amalda — 450 mingga yaqin patent berilgan.
Sharhlar