Boltiq mamlakatlari Rossiya bilan chegarada mudofaa chizig‘i qurishga chaqirmoqda
Polsha, Litva, Latviya va Estoniya Yevroittifoqni Rossiya va Belarus chegarasida mudofaa chizig‘ini qurishga chaqirdi, deb yozadi DW.
“Yevroittifoqning Rossiya va Belarus bilan tashqi chegarasi bo‘ylab mudofaa infratuzilmasi tizimining barpo etilishi Yevroittifoqni harbiy va gibrid tahdidlardan himoya qilish bo‘yicha o‘tkir zaruratga javob bo‘ladi”, — deyiladi to‘rtta mamlakat rahbarlari xatida. U Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyenga yo‘naltirilgan.
Rossiya va Belarus tomonidan gibrid tahdidlar qatorida maktub mualliflari dezinformatsiya, kiberhujumlar, iqtisodiy bosim va uchinchi mamlakatlardan muhojirlarni chegaralarni kesib o‘tishga gij-gijlash harakatlarini keltirib o‘tdi.
Ba’zi diplomatlar Yevroittifoqning Rossiya va Belarus bilan 700 kilometrli chegarasi bo‘ylab bunday mudofaa chizig‘i qurilishini taxminan 2,5 milliard yevroga baholadi.
Sharhlar