Myanmada toshqin oqibatida halok bo‘lganlar soni 113 nafarga yetdi
Myanmada “Yagi” to‘foni oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinida 113 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Kommersant”. Bir nechta aholi punktidan 320 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan.
“Butun mamlakat bo‘ylab 113 kishi halok bo‘ldi, 64 kishi bedarak yo‘qoldi va 14 kishi jabrlandi”, — deya ma’lum qildi respublika davlat ma’muriy kengashi vakili Zo Min Tun. Evakuatsiya qilingan aholi vaqtinchalik yashash lagerlariga joylashtirilgan.
Myanmaga yog‘ilgan to‘fon tufayli, bir nechta yo‘l va ko‘priklar vayron bo‘ldi, telefon aloqasi va internetda uzilishlar kuzatilmoqda. Situan va Bago daryolaridagi suv sathi me’yordan oshib ketdi.
“Yagi” superto‘foni Janubi-Sharqiy Osiyoga 1-sentabr kuni yopirildi. Uning oqibatida Filippin, Xitoy va Gonkongda ham odamlar halok bo‘ldi.
Sharhlar