NATO Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorlanayotgani xabar berildi, Pentagon buni rad etmoqda
Pentagon rasmiy vakili o‘rinbosari Sabrina Singx AQSH hukumati Ukraina qurolli kuchlarini o‘qitish uchun Kiyevga instruktorlarni yuborishni rejalashtirmayotganini aytdi, deb yozadi “Kommersant”. Avvalroq The New York Times (NYT) AQSH Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi rahbari kichik Charlz Braunning gaplarini keltirib maqola e’lon qilgan edi. U Ukrainaga NATO instruktorlarining joylashtirilishini muqarrar deb atagandi.
“Menga bunday imkoniyat haqida hech narsa ma’lum emas”, — deya jurnalistlarning savoliga javob berdi Singx.
NYT maqolasida aytilishicha, NATO harbiylari UQKni o‘qitish uchun Ukrainaga yo‘naltirilishi mumkin. Hozir ular Yevropada o‘qitilmoqda. Ushbu jarayonning Ukrainaga ko‘chirilishi uni tezlashtirishi mumkin bo‘lardi, shuningdek, amerikalik instruktorlarga frontda yuz berayotgan narsalar haqidagi axborotni tezroq yig‘ish imkonini beradi.
Fevralda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga G‘arb qo‘shinlari yuborilishini istisno qilmagan edi, ammo bir necha kundan keyin u hozircha buni amalga oshirish niyati yo‘qligini aytdiMay oyida The Economist nashriga bergan intervyusida u yana Kiyevning iltimosiga ko‘ra Ukrainaga fransuz harbiylari yuborilishi mumkinligini aytdi. AQSH Vakillar palatasida demokratlar ozchiligi yetakchisi Xakim Jeffris ham Rossiya-Ukraina nizosiga harbiy aralashuv talab etiladi degan fikrda.
Sharhlar