NATO Tramp saylovda g‘alaba qozongan taqdirda, Kiyevni qo‘llab-quvvatlash rejasini tuzib qo‘ydi
NATO vakillari AQSH prezidenti saylovida Donald Tramp g‘olib bo‘lgan taqdirda, Ukrainani uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash rejasini ishlab chiqdi. Politico o‘z manbalariga tayanib yozishicha, Trampning administratsiyasi Yevropaga nisbatan skeptitsizm bilan farq qilishi kutilmoqda.
NATOning rejasi uchta asosiy bandni o‘z ichiga oladi. Birinchidan, blok Tramp g‘alaba qozongan holatda, ehtimoliy ziddiyatlar xavfini kamaytirish uchun u va uning maslahatchilari bilan aloqalarni yaxshilamoqchi. Ikkinchidan, alyans Yevropa mamlakatlarida mudofaaga xarajatlarni oshirishni rejalashtirmoqda. Uchinchidan esa, NATO Trampning administratsiyasi tomonidan blokning ishalriga aralashuvdan himoyalanish uchun yangi “kreativ diplomatik va yuridik choralar”ni ishlab chiqmoqchi.
Shu bilan birga, nashr manbalari qayd etishicha, loyiha Trampning “o‘z tantiqliklari ta’siri ostida” qolishi mumkin. NATOning yuqori mansabli vakillari ham shunday fikrda ekani aytilmoqda.
Tramp agar hokimiyat tepasida qolganida Ukraina hududidagi nizoni 24 soat ichida to‘xtata olgan bo‘lishini aytgandi. Bloomberg agentligi xabar qilganidek, Tramp shu yilgi saylovda g‘olib bo‘lsa, Kiyevni Moskva bilan muzokaralarga majburlaydi. AQSHdagi prezident saylovlari 5-noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Sharhlar