NATOning yangi bosh kotibi Ukrainaga keldi
NATO bosh kotibi Mark Ryutte e’lon qilinmagan tashrif bilan Ukrainaga jo‘nab ketdi, deya xabar beradi payshanba kuni Associated Press.
“NATOning yangi bosh kotibi oʻz lavozimiga kirishganidan soʻng birinchi safarida Ukrainaga tashrif buyurmoqda va Kiyevni qoʻllab-quvvatlashga vaʼda bermoqda”, — deya xabar beradi agentlik.
Seshanba kuni NATO shtab-kvartirasida tashkilotning avvalgi Bosh kotibi Yens Stoltenbergdan vakolatlar Ruttega o‘tkazildi. Rutte Stoltenberg kuzatgan kursni amalga oshirishda davom etishga va’da berdi.
Ulashish:
Sharhlar