Rossiyaning Oryol shahridagi neft ombori dron hujumiga uchradi
Rossiyaning Orlov viloyati Oryol shahrida yonilg‘i-energetika majmuasi obyekti uchuvchisiz uchar qurilma hujumiga uchradi. Bu haqda viloyat gubernatori Andrey Klichkov o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Yong‘in o‘choqlari kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun voqea joyida maxsus xizmatlar ish olib bormoqda. Jabrlanganlar yo‘q. Ogohlikni saqlashni so‘rab qolaman”, — deb yozdi viloyat rahbari.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, dron “Oryoldagi neft bazasida neft mahsulotlari saqlanadigan rezervuarga kelib urilgan, natijada u yonib ketgan”, yong‘in maydoni va alanga olgan rezervuar sig‘imi aniqlashtirilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar