Ukraina 2 kun ichida Rossiya neftni qayta ishlash sanoatining 12 foizini ta’minlovchi zavodlarni ishdan chiqardi

взрыв рязань
Фото: Рамблер

So‘nggi ikki kun ichida Ukraina dronlari hujumiga uchragan uchta yirik neft zavodlariga Rossiya neftni qayta ishlash quvvatlarining qariyb 12 foizi to‘g‘ri keladi, deb yozadi Bloomberg.

Qayd etilishicha, 13-mart kuni ertalab zarbalar berilgan Ryazan Neftni qayta ishlash zavodi yiliga 17,1 million tonna neft ishlab chiqaradi va Moskvaga yaqin hududlar uchun asosiy motor yonilg‘isi yetkazib beruvchi hisoblanadi. Yong‘in tufayli, zavod ikkita asosiy qayta ishlash qurilmalarini to‘xtatib qo‘yishga majbur bo‘lgan.

Bundan tashqari, kun davomida uchta uchuvchisiz uchar qurilma Rostov viloyatidagi Novoshaxta neft mahsulotlari zavodini nishonga oldi, natijada korxona o‘z ishini to‘xtatdi. Ushbu zavod quvvati yiliga 5,6 million tonnaga teng.

12-mart kuni esa Nijniy Novgorod yaqinidagi Kstovo shahrida “Lukoyl”ga tegishli neft zavodi ham dronlar zarbasidan zarar ko‘rgandi.

Bundan tashqari, Leningrad viloyati gubernatori Boltiq dengizi bo‘yida joylashgan Kirishi shahridagi KINEF neftni qayta ishlash zavodiga ham bir necha marta dronlar hujum qilgani, ammo ular urib tushirilganini ma’lum qilgan. U eksport uchun yonilg‘i ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, Ishida uzilishlar yuz bersa, jahon dizel yonilg‘isi bozori uchun oqibatlari bo‘ladi, deyiladi maqolada.

Ukraina Rossiya energetika obyektlariga hujum qilayotgani sabablarini tushuntirib berar ekan, Bloomberg qayd etishicha, ayni paytda sharqiy frontdagi vaziyat Rossiya foydasiga hal bo‘lmoqda, Kiyev esa Rossiyaning neft eksporti, shuningdek, uning o‘z armiyasiga yonilg‘i yuborish qobiliyatiga putur yetkazishga urinmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.