Netanyaxuning Kesariyadagi uyi dron hujumiga uchradi

Фото: gazeta.ru

19-oktabr kuni ertalab Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning Kesariyadagi shaxsiy qarorgohiga Livandan uchuvchisiz uchoqlar tomonidan hujum qilindi, deb yozadi “The Times of Israel” nashri.

Bayonotda, hujum vaqtida Netanyahu va uning rafiqasi uyda bo‘lmagani va hodisada hech kimning jabrlanmagani qayd etildi.

Bir dron qo‘shni binoga borib urilgan. Yana ikkitasi havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan, deyiladi xabarda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.