Netflix’ning Fransiya va Niderlandiyadagi ofislarida tintuvlar o‘tkazildi

фото: politanalitika.ru

Fransiya va Gollandiya tergovchilari Netflix’ning Parij va Amsterdamdagi striming servisi ofislarida tintuv o‘tkazdi. Bu faoliyatlar soliq firibgarligi va “pul yuvish” bo‘yicha dastlabki tergov bilan bog‘liq, deya xabar beradi Reuters.

Frantsiya tomonidan tergovni yirik xalqaro kompaniyalar ustidan o‘tkazgan tekshiruvlari bilan tanilgan Milliy moliya prokuraturasi (PNF) olib bormoqda. Ayni vaqtda Gollandiya rasmiylari esa Netflix’ning Amsterdamdagi bosh ofisida tintuv o‘tkazgan.

Gollandiyaning moliyaviy jinoyatlar bo‘yicha prokuraturasi bu holatga izoh bermadi va savollarni PNF’ga yo‘naltirdi. “Ushbu tekshiruvlar doirasida Fransiya va Gollandiya rasmiylari o‘rtasidagi hamkorlik ko‘p oylardan beri davom etmoqda”, – deydi frantsuz manbasi.

Hozir tergov dastlabki bosqichda, bu jinoyat ishini qo‘zg‘atishni yoki sud muhokamasini majburiy boshlashni anglatmaydi. Aynan qaysi faktlar tergovni boshlash uchun asos bo‘lganligiga hozircha aniqlik kiritilmagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.