Rossiyadagi savdo markazlari qo‘riqlov tizimini kuchaytirmoqda

Фото: Ведомости

22-martdagi teraktdan keyin Rossiyadagi savdo markazlari kirish joylarida qo‘riqlov xizmati kuchaytirildi, xodimlarga ko‘rsatmalar berildi va evakuatsiya jarayonlari mashq qilindi, deb yozadi “Vedomosti”.

Savdo markazlari uyushmasi vitse-prezidenti Pavel Lyulin ma’lum qilishicha, Rossiyadagi jami 46 ta savdo markazida 22, 23 va 24-mart kunlari evakuatsiyalar olib borilgan. Bundan tashqari, markazlar ko‘ngilochar va bayram tadbirlarini bekor qilgan.

Bundan tashqari, evakuatsiyani ta’minlash (yorug‘lik tablolari, eshiklarni blokdan chiqarish va eskalatorlarni to‘xtatish) va ovozli ogohlantirish tizimlari faoliyati qo‘shimcha ravishda sinovdan o‘tkazilgan.

“Ayni paytda qo‘riqlovni kuchaytirish, kuch tuzilmalari bilan hamkorlik, qo‘shma patrullik, kun davomida va yopilganidan keyin savdo markazlarini sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirish ishlari birlamchi bo‘lib turibdi”, — dedi “Eterna” kompaniyasi bosh direktori Dmitriy Tomilin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.