О‘zbekiston 2026-yilda VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarini qabul qiladi

Фото: asiatv.kg

VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari 2026-yilda О‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi, deya xabar beradi Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasining matbuot xizmati.

2024-yilda Ko‘chmanchilar o‘yinlari Astana shahrida 8-14 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bungacha mazkur tadbir Qirg‘izistonda uch marta, Turkiyada bir marta o‘tkazilgan. О‘yinlar har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.

Ko‘chmanchilar o‘yinlarida sportchilar o‘ttizdan ortiq an’anaviy ko‘chmanchi sport turlari, jumladan, ot poygasi, o‘q otish, erkin kurash va ko‘kboru (echki tanasi bilan o‘ynaladigan  ot sporti o‘yini) bo‘yicha kuch sinashadi.

О‘zbekiston terma jamoasi 2014-yildan buyon Ko‘chmanchilar o‘yinlarida ishtirok etib, ellikdan ortiq medalni qo‘lga kiritgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.