O‘zbekiston Rossiyada noqonuniy muhojirlar soni bo‘yicha yetakchi pozitsiyalardan birini egalladi
O‘zbekiston Rossiyadagi noqonuniy migrantlar soni bo‘yicha yetakchilardan biriga aylandi, deb yozadi “Kommersant” Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoyga tayanib.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, hozir Rossiyada 6,1 million xorijiy fuqarolikka ega bo‘lgan shaxslar bor. Birinchi o‘ntalikka O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarus, Tojikiston, Ukraina, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Xitoy va Turkmaniston kirgan.
“Mamlakatdagi xorijliklar soni Rossiya FXX Chegara xizmatidan har kuni olinadigan ma’lumotlar asosida hisoblab chiqiladi, biz kun bo‘yi ma’lumotlarni to‘playmiz, qayta ishlaymiz va amaliy faoliyatda foydalanamiz”, – deya qayd etadi u.
Gorovoy fuqarolari Rossiyada noqonuniy bo‘lgan davlatlarni sanab o‘tdi: O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Armaniston va Ozarbayjon.
“Jami 739 mingga yaqin kishi yoki 9 foizga yaqin, so‘nggi to‘rt-besh yil ichida bu ko‘rsatkich 30 foizdan ko‘proqni tashkil etdi – 2022-yilgacha mamlakatimizda shuncha noqonuniy muhojir bo‘lgan”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Sharhlar