O‘zbekistonlik ayol Yekaterinburgdan Toshkentga uchayotgan samolyotda farzandini dunyoga keltirdi
O‘zbekistonlik ayol Yekaterinburgdan Toshkentga uchayotgan samolyot bortida farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda “Batya v shoke” blogi muallifi ma’lum qildi.
“Parvoz chog‘ida bortdagi yo‘lovchilar soni bittaga ko‘paydi. Mazasi qochgan yo‘lovchi o‘zbekistonlik homilador ayol bo‘lib chiqdi, u 10 ming metr balandlikdagi samolyot bortida eson-omon ko‘zi yoridi”, — deb yozdi bloger.
Uning so‘zlariga ko‘ra, parvoz chog‘ida yo‘lovchi o‘zini yomon his qila boshlagan. Bort kuzatuvchilari yo‘lovchilar orasida shifokor yoki hamshiralar bor-yo‘qligini surishtirgan. Ammo ayolga yordam berishi mumkin bo‘lgan odamlar topilmagan.
Kolsovo saytidagi jadvalga ko‘ra, 24-fevral kuni Toshkentga reysni “Ural havo yo‘llari” aviakompaniyasi amalga oshirgan. Aviatashuvchi hozircha voqea yuzasidan izoh berganicha yo‘q.
Sharhlar