OAV: chorshanba kuni AQSh Ukrainaga 375 mln dollar miqdoridagi harbiy yordam paketi haqida e’lon qiladi

Фото: Корпус морской пехоты США

Qo‘shma Shtatlar chorshanba kuni Ukrainaga 375 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qiladi. Bu haqda “Amerika Ovozi” bir nechta amerikalik amaldorlarga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Yevropeyskaya pravda”.

Bu paket Vashingtonning may oyidan beri Kievga yuborgan eng yirik yordami bo‘ladi.

Rasmiylardan birining “Amerika Ovozi”ga aytishicha, paket F-16 qiruvchi samolyotlari uchun “havo-er” sinfidagi o‘q-dorilarni o‘z ichiga oladi, bu esa ukrainalik uchuvchilarga front chizig‘i va Rossiya havo mudofaasidan uzoqroqda harakat qilish imkonini beradi. Bu haqda avvalroq Politico nashri yozgan edi.

Paketga HIMARS uchun o‘q-dorilar, patrul katerlari va zirhli transport vositalari, shuningdek, 155 mm snaryadlar, 105 mm snaryadlar va tankga qarshi raketalar kiradi.

AQSh rasmiylariga ko‘ra, hali yakunlanayotgan va o‘zgarishi mumkin bo‘lgan paket AQSh omborlaridan qurol-yarog‘larni taqdim etishga imkon beruvchi PDA (Presidential Drawdown Authority) mexanizmi orqali yo‘naltiriladi.

Paket Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy juma kuni prezident Jo Bayden va vitse-prezident, Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Kamala Xarris bilan uchrashgan paytda e’lon qilinadi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.