OAV: Xitoyning Shveysariyadagi sammitda qatnashishdan bosh tortishi Zelenskiyning xafsalasini pir qildi
Germaniyaning Spiegel jurnaliga ko‘ra, Xitoyning Shveysariyadagi “tinchlik sammitida” ishtirok etishdan bosh tortishi Vladimir Zelenskiyning ham, Germaniya hukumatining ham xafsalasini pir qildi, Germaniya Global janubning Ukraina bo‘yicha konferentsiyaga qiziqishini ko‘rmayapti.
“Xalq Respublikasining rad etishi Zelenskiy uchun, shuningdek, Xitoyning ishtiroki uchun targ‘ibot ishlarini olib borgan Germaniya hukumati uchun umidlarning shafqatsiz puchga chiqishi bo‘ldi”, — deb yozadi nashr.
Jurnalning qayd etishicha, Xitoyning sammitda faqat bitta vakolatli vakili bo‘lgan taqdirda ham konferentsiyaga ko‘proq ahamiyat bergan bo‘lardi. Bundan tashqari, Braziliya va Saudiya Arabistoni kabi muhim mintaqaviy kuchlar ham aftidan o‘z davlat yoki hukumat rahbarlarini unga jo‘natmoqchi emas, deb yozadi nashr.
“Men Global Janub ishda qatnashayotganini ko‘rmayapman”, – dedi jurnalga nomini oshkor etmagan nemis diplomati.
Sharhlar