Hindistonda Rossiya armiyasi uchun odam savdosi bilan shug‘ullangan yirik tarmoq fosh qilindi
Hindiston maxsus xizmatlari “odam savdosi bo‘yicha yirik tarmoqni fosh qildi, uning ishtirokchilari yosh erkaklarni aldab Rossiyaga yuborgan, u yerda esa ular Ukrainaga qarshi urushda qatnashishga majburlangan, deb yozadi Meduza.
Markaziy qidiruv byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, 35 kishi ushbu sxema qurboniga aylangan. Tergov versiyasi bo‘yicha, uyushgan guruh tarkibida faoliyat olib borgan shaxslar yigitlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali topgan. Ularga Rossiyada katta maoshli ish taklif qilgan yoki xususiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kiritishni va’da qilgan.
Ammo Rossiya yetib kelganidan keyin Hindiston fuqarolarining pasportlari olib qo‘yilgan, o‘zlari esa harbiy tayyorgarlikka yuborilgan. “Sxema qurbonlariga aylangan Hindiston fuqarolari tayyorgarlikdan o‘tib, Rossiya-Ukraina nizosi zonasining old bazalariga o‘z xohishiga qarshi yuborilgan”, — deyiladi maxsus xizmatlar bayonotida.
Muassasa aniqlik kiritishicha, Hindistonning yettita shahrida 13 ta tintuv olib borilib, qariyb 5 million rupiya (60 ming dollar) naqd pul, shuningdek, noqonuniy faoliyat haqida guvohlik beruvchi hujjatlar va elektron qurilmalar musodara qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston hukumati Rossiyadan mamlakat armiyasi bilan shartnomalar tuzgan hind fuqarolariga muddatidan oldin xizmatdan bo‘shashga ruxsat berishni so‘ragan edi. The Hindu nashri ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida 100 ga yaqin Hindiston fuqarosi Rossiya armiyasi bilan shartnomalar tuzgan bo‘lishi mumkin. 20-fevral kuni nashr jangovar harakatlarda ishtirok etishni ko‘zda tutmagan ish uchun rozi bo‘lgan kamida uch nafar Hindiston fuqarosi Rossiya armiyasi saflarida jang qilishga majburlangan.
Keyinroq yetti nafar Hindiston fuqarosi videomurojaat e’lon qilib, ularni Rossiya qurolli kuchlari tomonida turib Ukrainadagi urushda jang qilishga majburlashayotganini ma’lum qildi.
Sharhlar