Orban Xalqaro jinoiy sudning Netanyaxuni hibsga olishga bergan orderini “beadablik” deb atadi

Виктор Орбан
Фото: официальная страница Виктора Орбана

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Xalqaro jinoiy sud (XJS)ning Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni hibsga olishga bergan orderini keskin qoraladi.

Orban sudni siyosiy sabablarga ko‘ra “davom etayotgan mojaroga aralashish”da ayblab, XJS qarorini “beadablik” va “xato” deb atadi. Bundan tashqari, hibsga olish orderining chiqarilishi xalqaro qonunlarga zid keladi va “olovga yog‘ sepadi”, deydi Vengriya hukumatining rahbari.

U Netanyaxuni Vengriyaga taklif qilishiga va Budapesht buyruqni e’tiborsiz qoldirishiga va’da berdi. Unga ko‘ra, Netanyaxu Vengriyada “xavfsiz” muzokaralar o‘tkazishi mumkin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.